Loyiha haqida
Dorivor o‘simliklarni introduktsiyasi: kollektsiyani to‘ldirish va saqlash hamda O‘zbekiston florasining iqtisodiy qimmatli o‘simlik turlarining genetik bankini yaratish” ”
Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi: Xalq va ilmiy tibbiyotda qoʻllaniladigan dorivor va xoʻjalik oʻsimliklarining biologik xilma-xilligini saqlash maqsadida Toshkent botanika bogʻi sharoitida urugʻlarning genbanki va tirik kolleksiyasini yaratish. Botanika bog‘ining laboratoriya hududidagi dorivor o‘simliklar kolleksiyasining to‘liq reviziyasi o‘tkazildi. Aniqlanishicha, hozirgi vaqtda kollektsiyada 85 turkum va 45 oilaga mansub 93 turdagi yuksak o‘simliklari mavjud. Dorivor oʻsimliklarning eng koʻp soni Asteraceae Bercht. & J.Presl oilasiga mansub – 16 tur, Lamiaceae Martinov – 14 tur, Apiaceae Lindl. – 5 tur, Rosaceae Juss. – 5 tur va boshqalar. Oʻzbekiston florasidan jami oʻsimliklardan 30 (32%) ta oʻsimlik turi mavjud boʻlib, qolgan katta qismi, ya’ni 63 (68%) turi botanika bogʻi kolleksiyasiga turli joylardan, asosan, Gʻarbiy va Sharqiy Evropa, Oʻrta er dengizi va Shimoliy Afrika oʻlkalardan olib kelingan va introduksiya qilingan. Bu turlar I.V. Serebryakovning oʻsimliklarni hayotiy shakllarini tasnifi boʻyicha tahlil qilinib, bunga koʻra ko‘p yillik o‘t o‘simliklar eng katta miqdorda (55 ta), teng miqdorda bir yillik o‘t o‘simliklar va daraxt (13 tadan), eng kam liana (1 ta), teng miqdorda ikki yilliklar va buta (3 tadan) hamda yarim buta (5 ta) hayotiy shakllaridan iborat ekanligi aniqlangan. Bu turlarning ma’lumotlar bazasida lotin, oʻzbek va rus tillarida oʻsimliklarning nomi, qisqacha botanika tavsifi, ekologiyasi, qoʻllaniladigan organi, davolashda qoʻllanilishi, xomashyo sifatiga qoʻyiladigan talablar, tarqalish areali, fotosuratlari mavjud.