O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i Dorivor o‘simliklar kolleksiyasi

Acorus calamus L.

HAYoTIY ShAKLI

Ildizpoyali

BOTANIK TAVSIFI

Ig‘ir -balandligi 60-100 sm bo‘lgan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi qalin, silindrsimon, qiyshiq, tashqi tomondan to‘qrangli keng barg izilari bilan spiral bo‘ylab qoplangan, gorizontal, deyarli tuproqqa yuza joylashgan, uzunligi 1,5 m gacha yetadi. Ig‘irning ildizlari ingichka, popuk ildizli, tugunlarda joylashgan. Ildizpoyasi va o‘simlikning boshqa qismlari o‘ziga xos kuchli hid bilan ajralib turadi. Poyasi tik, shoxlanmagan, yassilangan, bir tomoni yivli, ikkinchi tomoni keskin qovurg‘ali. Barglari nashtarsimon. Gullari mayda, yashil-sariq, ikki jinsli, 4-12 sm uzunlikdagi sutaga to‘plangan. May va iyul oylarida gullaydi. Meva terisimon, ko‘p urug‘li qizil rezavordir.

O‘SISH JOYI

Ig‘ir Yevropa, Boltiqbo‘yi davlatlari, Kavkaz, kichik Osiyo, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. Bu O‘zbekistonda invaziv tur bo‘lib, Samarqand viloyatidagi Zaravshan daryosi tekisligida uchraydi.

XOM-ASHYO YIG‘ISH VA UNING SIFATI

Ig‘irning quruq va yangi ilidzpoyalari tibbiyotda dorivor xom ashyo sifatida ishlatiladi. Xom ashyo erta bahor va kuzda yig‘ib olinadi. O‘simlikning ilidzpoyalari qazib olinadi, so‘ngra barglar, poyalar va ildizlarining qoldiqlari pichoq bilan kesiladi. Ildizpoyalar yuviladi, ochiq havoda quritiladi, 20 sm gacha bo‘laklarga bo‘linadi va 30°C dan oshmaydigan haroratda quritiladi.

KIMYOVIY TARKIBI

Ildizpoyalarida 3% gacha efir moyi mavjud bo‘lib, unga monoterpenlar (kamfen, kamfora, borneol) va seskviterpenlar (akoron, izoakoron, akoroksid va boshqalar kiradi), aromatik birikmalar (azaron, evgenol) va boshqalar.
Ilidzpoyalarida efir moyidan tashqari akorin, o‘simlikka xos achchiq glikozid, karotin, taninlar, askorbin va palmitik kislotalar, kraxmal, xolin, vitaminlar va yod topilgan. Ildizpoyalarning hidiga azarilaldegid sabab bo‘ladi.

TIBBIY QO‘LLANISHI

Ig‘ir efir moyi va achchiq ta'mli akorin glikozidi ta'm bilish reseptorlariga ta'sir qiladi, ishtahani oshiradi, o‘t pufagining tonusiga ijobiy ta'sir qiladi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, me'da shirasining sekresiyasini refleksli ravishda rag‘batlanti

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Государственная Фармакопея СССР. Одиннадцатое издание. Выпуск 1 (1987), выпуск 2 (1990).
2. Лекарственные растения государственной фармакопеи. Фармакогнозия. (Под ред. И.А. Самылиной, В.А. Северцева). – М., «АМНИ», 1999.
3.Машковский М.Д. «Лекарственные средства». В 2 т. - М., ООО «Издательство Новая Волна», 2000.
4. П.С. Чиков. «Лекарственные растения» М.: Медицина, 2002.
5. Турова А.Д. «Лекарственные растения СССР и их применение». Москва. «Медицина». 1974.
6. Лекарственное растительное сырье. Фармакогнозия: Учеб. пособие / Под ред. Г.П. Яковлева и К.Ф. Блиновой. – СПб.: СпецЛит, 2004. – 765 с.
7.Растительные ресурсы СССР: Цветковые растения, их химический состав, использование; Семейство Asteraceae (Compositae) /ответственный редактор П.Д.Соколов; Российская Акад. Наук Ботанич. ин - т им. В.Л. Комарова – СПб.: Наука, 1993. – С. 145-148
8.Антонишин Б. В. Применение масла аира и настойки софоры японской в комплексной терапии больных с дистрофически-воспалительной формой пародонтоза // Терапевтич. стоматология: Респ. межвед. сб.- К., 1982.- Вып. 17.- С. 66–69.
9. Погорелова О. В. Аир как лекарственное сырье // Хим.-фарм. журн.- 1977.- Т. 11, № 9.- С. 90–94. 10. https://lektrava.ru/encyclopedia/air-obyknovennyy/